Toshkentda yettinchi sinf o‘quvchilari ko‘z o‘ngida mushuk bolasini ikkinchi qavat derazasidan uloqtirgan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi. Maktab direktori “o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgani uchun” intizomiy jazoga tortildi.
Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchilari ko‘z o‘ngida ikkinchi qavat derazasidan mushuk uloqtirdi. Oqibatda mushuk ko‘plab jarohatlar tufayli nobud bo‘ldi. Sud o‘qituvchini BHMning bir baravari (375 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortdi.
Qozog‘istonda boshpanasiz hayvonlarni tutish xizmatlari ularni ushlash jarayonini tasvirga olishi kerak bo‘ladi. Bu hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik holatlarining oldini olishga yordam berishi kutilmoqda.
Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida bir yigit itni oqimi kuchli bo‘lgan kanalga tashladi, boshqasi jarayonni videoga oldi. Ularning ikkisi ham hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lgani uchun BHMning 3 baravari (990 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortildi. It omon qolgan.
Farg‘onada mushukni tiriklayin yoqib yuborgan shaxslarga nisbatan tayinlangan BHMning 3 baravari miqdorida jarima jazosi bekor qilindi. Holat sudda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi.
Farg‘ona tumanida erkak “jo‘jalarni yeb ketayotgani uchun” mushukni pnevmatik ov quroli bilan otib o‘ldirgani aniqlandi. Shuningdek, bug‘uni bo‘g‘izlab o‘ldirgani aks etgan surat tarqaldi. Tuman IIB tomonidan uning quroli olib qo‘yilib, ish bo‘yicha hujjatlar huquq-tartibot organlariga taqdim etildi.
Peshku tumanida qo‘shnisiga tegishli eshakning quloqlarini kesib tashlagan erkak 15 sutkaga qamaldi. Jonivor ko‘p qon yo‘qotishi oqibatida nobud bo‘lgan.
Peshku tumanida fuqaro qo‘shnisining eshagi tomorqaga zarar yetkazgani uchun uning quloqlarini kesib tashladi. Jonivor ko‘p qon yo‘qotishi oqibatida nobud bo‘ldi. Fuqaro 3 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting